Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/02/2024
Chop etish
 “Turkiston bolalari” spektaklining premyerasi bo‘lib o‘tdi.

Ushbu sahna asarida 1922 yilda tahsil olish, yurtga qaytgach Turkistonning taraqqiyotiga hissa qo‘shish istagida olis Germaniyaga ketgan, Vataniga qaytgach esa qatag‘onga uchragan yoshlarning hayoti, ularning orzu-intilishlari o‘ziga xos tarzda ochib berilgan. Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari ana shu sahna asarini tomosha qilish uchun Yu. Rajabiy nomidagi viloyat musiqali drama teatrida bo‘lishdi.

 

Spektakldagi Turkistonni ozod va obod ko‘rishni orzu qilgan, shu maqsadda kurashgan, jadidlarning ko‘magi bilan o‘tgan asrda Germaniyada ta’lim olgan talabalarning obrazi hech bir tomoshabinni befarq qoldirmadi. Jadidlarning ko‘magi bilan Buxorodan Germaniyaga o‘qishga yuborilgan Abduvahhob Murodiy, Sattor Jabbor, Ahmad Shukriy, Xayriniso Majidxonova, Sulton Matqul, Maryam Sultonmurodova, Afzal Abdusaid kabi yoshlarning 1922-1937 yillardagi hayotiga oid voqealar tomoshabinlarni larzaga solgani shubhasiz.

Ta’kidlash joiz spektakl yoshlarni har qanday sharoitda ham ilm olishga, Vatanni ardoqlashga chorlashi bilan ahamiyatlidir.

Eslatib o‘tamiz, professor-o‘qituvchilar hamda ishchi xodimlar uchun namoyish etilgan sahna asari universitet rahbariyati hamda kasaba uyushmalari qo‘mitasi tomonidan tashkillashtirildi.


Ulashish:
1 165
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.