Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2024
Chop etish
El ardog‘idagi aktyor bilan uchrashuv yorqin taassurotlarga boy bo‘ldi.

JDPUda O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti,  Xalqaro “Bobur” mukofoti sovrindori, xalqimizning sevimli aktyori Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Fevral oyida o‘zbek xalqining ikki buyuk siymosi  – Alisher Navoiy va Zahiriddin Muhammad Bobur tavallud ayyomi keng nishonlanadi. Ularning hayoti va ijodi, bosib o‘tgan serqirra ijod yo‘li o‘rganiladi.Jizzax davlat pedagogika universitetida Zahiriddin Muhammad Bobur tavalludi bu yil boshqa  yillardagidan ham o‘zgacha nishonlandi.Sababi O‘zbekiston va Qoraqalpog‘iston xalq artisti,  Xalqaro Bobur mukofoti sovrindori, xalqimizning sevimli aktyori Muhammadali Abduqunduzov bilan ijodiy uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Xabaringiz bor ijodkor Muhammadali Abduqunduzovning O‘zbekiston televideniyesidagi videofilmlarda yaratgan obrazlari uni har bir o‘zbek xonadonining aziz san’atkoriga aylantirdi. Ayniqsa Pirimqul Qodirovning «Yulduzli tunlar» romani asosida yaratilgan «Bobur» ko‘p qismli videofilmi unga katta shuhrat keltirdi.

Muhammadali Abduqunduzov ijrosidagi Bobur Mirzo og‘ir, vazmin, chuqur o‘yga botgan, o‘tkir nigohli, gapirish ohangida mahzunligi mag‘rurlik, hazinlig-u o‘ktamlikni mujassam etgan inson sifatida gavdalanadi.Jizzax davlat pedagogika universitetining madaniyat saroyida tashkil etilgan tadbirda nafaqat talaba yoshlar, professor-o‘qituvchilar ijodkorning ko‘p sonli muxlislari ham ishtirok etdilar. Ijodiy uchrashuvni universitetning Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi.

Uchrashuvda aktyor o‘z hayoti, ijodi yo‘li haqida gapirib berdi. Suhbat davomida u Zahiriddin Muhammad Boburning shaxsiy sifatlari, dard-u kechinmalari, “hassos his tuyg‘ulari”, shoh va shoirning yuksak insoniy fazilatlar sohibi ekanligini ifoda etdi. Ijodiy uchrashuv davomida Mohir aktyor tomonidan Bobur g‘azallari, ruboiylarni, tomoshabinlarga mahorat bilan o‘qib berildi.

Ijodiy kechaga universitet qoshida tashkil etilgan E.Lutfullayev nomidagi talaba yoshlardan iborat maqomchilar ansamblining musiqiy dasturi yakun yasadi.


Ulashish:
1 229
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.