Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/02/2024
Chop etish
JDPUda «Ta’lim va kadrlar tayyorlashda olima ayollarning aksi” nomli davra suhbati tashkil etildi

11 fevral – Ilm-fan sohasidagi ayollar va qizlar xalqaro kuniga bag‘ishlab “Ilmli ayol – jamiyat ko‘zgusi shiori ostida” Ta’lim va kadrlar tayyorlashda olima ayollarning aksi” nomli davra suhbati tashkil etildi. Tadbirni universitet Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor G‘.Qodirov ochib berdi.Ushbu tadbirda viloyatimizdagi barcha OTMlar olima ayollari, tadqiqotchilar,  talaba qizlarimiz ishtirok etishdi.  Davra suhbatida yosh va intiluvchan talaba qizlarga ilm-fanda to‘g‘ri  yo‘l ko‘rsatish, rag‘batlantirishga qaratilgan olima ayollarning dasturlari va tashabbuslari ilgari surildi.

shuningdek ma’ruzachilar sifatli ta’lim-tarbiya muhitini yaratish omillari, olimalarning  talaba-qizlar bilan bog‘liq potensial axloqiy muammolarni hal qilishga qaratilgan samarali loyihalar xususida so‘z yuritishdi.

Yuqorida keltirilgan mavzular va muammolar yechimiga bag‘ishlangan masalalar yuzasidan ekspertlarga ishtirokchilar tomondan savollar berildi. Fikrlar va takliflar muhokama qilindi.


Ulashish:
1 219
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.