Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

JDPUda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazilishi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishildi.

Bugungi kunda Universitet kasaba uyushmasi tomonidan xodimlar o‘rtasida sportning ommaviyligini oshirish, bu orqali sog‘lom turmush tarzi barqarorligini ta’minlash borasida tizimli ishlarni amalga oshirib kelinmoqda.

Mazkur yo‘nalishlardagi ishlarni yanada takomillashtirish, xususan, xodimlar o‘rtasida sog‘lom turmush tarzi targ‘ibotini kuchaytirish, ayniqsa, xodimlar va ular oila a’zolarining bo‘sh vaqtlaridan samarali foydalanishlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasining Jismoniy tarbiya va sport-sog‘lomlashtirish ishlari boshqarmasining Jizzax viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Bahodir Yusupov Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurib, universitetda sport-sog‘lomlashtirish tadbirlarini o‘tkazilishi, yaratilgan shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishdi.

Sportning ommaviyligini oshirish maqsadida tashkil etilayotgan musobaqalar, xususan xodimlar va ularning oila a’zolarini sog‘lomlashtirishda yurish marafoni, stol tennisi, badminton, shaxmat, shashka, gimnastika mashg‘ulotlari, basketbol, voleybol, futbol, milliy sport musobaqalarini tashkil etish borasida fikr almashildi.