Yangiliklar
Yangiliklar
|
03/02/2024
Chop etish
Baxmal tumanida navbatdagi uchrashuv o‘tkazildi.

Kecha o‘zbek tili va adabiyoti fakulteti jamoasi Baxmal tumanida joylashgan «Temirqadam» mahallasida navbatdagi uchrashuvini o‘tkazdi. Professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan maktablarda ochiq darslar o‘tib berildi, mahalla faollari va o‘quvchi-yoshlar o‘rtasida turli tanlovlar tashkil qilindi.

Talabalar tomonidan qator sahnaviy chiqishlar va «Qora quyosh» dostoni asosida tayyorlangan spektakl qo‘yib berildi. Mahalladagi uyushmagan yoshlarga professor-o‘qituvchilar va talabalar tomonidan seminar-treninglar o‘tib berildi.

Ijodga qiziquvchi yoshlar bilan ijodning sirlari xususida uchrashuvlar tashkil qilindi. Uyma-uy yurib aholi bilan uchrashib, uchrashuv davomida maktab yoshidagi farzandlari uchun maktab formalari tarqatildi.

Tadbirlar yakunida mahalla ahli yana shu kabi tadbirlarni ko‘plab tashkil qilishlarini fakultet jamoasidan so‘rab, minnatdorchilik bildirdi.


Ulashish:
1 163
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.