Universitetning Korrupsiyaga qarshi kurashish “Komplayens nazorat” tizimini boshqarish bo‘limi vakillari tomonidan korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha olib borilayotgan ishlarning mazmun-mohiyati tushuntirilib, yotoqxona xodimlariga tamagirlik holatlari va manfaatlar to‘qnashuvini sodir etmaslik, bu holatlar sodir bo‘lganligi bo‘yicha xabar topishsa mas’ul xodimlarga, o‘zidan yuqori turuvchi rahbarlarga xabar berish, korrupsiyaga oid huquqbuzarliklar sodir etilganda qonunda belgilangan tartibda ma’muriy yoki jinoiy javobgarlikka doir choralar ko‘rilishi to‘g‘risida tushunchalar berildi.