Yangiliklar
Yangiliklar
|
22/01/2024
Chop etish
«Nurli Maskan» maktab-internatida Brayl alifbosi savodxonligi haftaligi doirasida davra suhbati o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar fakulteti o‘qituvchilari va AQSh elchixonasi tomonidan e’lon qilingan dastur bituvchilari bilan birgalikda Jizzax viloyatidagi «Nurli Maskan» maktab-internatida Brayl alifbosi savodxonligi haftaligi doirasida maktab o‘quvchilari va o‘qituvchilari bilan davra suhbati o‘tkazildi.

Suhbat «Inklyuziv ta’limda ingliz tilini o‘rganish va bu boradagi qiyinchiliklar, ularni bartaraf etish usullari» mavzusida olib borilib, maktabda ingliz tili ustozlarining va o‘quvchilarning ingliz tiliga bo‘lgan yondashuvlari va bu yo‘ldagi qiyinchiliklar haqida fikr almashildi.

JDPU o‘qituvchilari tomonidan qiyinchiliklarni bartaraf etish bo‘yicha amaliy tavsiyalar berildi. Ushbu davra suhbati savol-javoblar bilan qiziqarli va foydali bo‘ldi. Tadbir yakunida faol ishtirok etgan ishtirokchilar taqdirlandi.


Ulashish:
956
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.