Yangiliklar
Yangiliklar
|
20/01/2024
Chop etish
Rektor va talabalar uchrashuvi: JDPUda Maktabgacha ta’lim fakulteti talabalari ishtirokida “Rektor va yoshlar” ochiq muloqoti bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida bugungi kunda 20 mingdan ziyod yoshlarga zamonaviy va mamlakat ehtiyojlariga mos turli fan yo‘nalishlari bo‘yicha ta’lim berilmoqda. Xususan, Maktabgacha ta’lim fakultetida ayni paytda  1111  nafar talabalar tahsil olishmoqda. Universitetda talaba yoshlar uchun barcha qulayliklar va sharoitlar yaratilgan. Ta’kidlash joiz ushbu fakultetda yil mobaynida har tomonlama yuqori ko‘rsatkichlarga erishildi.

Universitet rektori Shavkat Sharipovning ushbu fakultet talaba yoshlari bilan ochiq muloqotida Prezidentimiz tashabbusi bilan yoshlar bilan ishlashda yangi tizim joriy etilganligi, ular doimo davlat e’tiborida ekanligi qayd etildi. Talabalar ham turli yo‘nalishlarda o‘z mulohazalarini bildirib, yuzma-yuz dildagi gaplar aytildi.

Uchrashuvda nafaqat ta’lim sohasi, balki talabalarni qiziqtirayotgan boshqa masalalar ham muhokama qilinib, rektor va talabalar o‘rtasida samimiy suhbat o‘tkazildi. Bundan tashqari xorijiy davlatlarda o‘qish istagi bo‘lgan talabalar aniqlanib, ularga amaliy yordam berish taklifi bildirildi. Universitetdagi o‘quv va ma’naviy ishlariga oid g‘oya va takliflarini bildirgan talabalarga o‘z g‘oyalarini amalga oshirishlari uchun yetarli shart-sharoitlar yaratilishi ma’lum qilindi. Shuningdek, talabalar iqtidorli talabalarning kitoblarini nashr qilishda amaliy yordam berilishini , til sertifikatlariga imtihon topshirish uchun boshqa yerga emas, o‘zimizda tashkil etilishini istashlarini bildirib o‘tishdi.

Universitet rektori, pedagogika fanlari doktori, professor Shavkat Sharipovning “Rektor va yoshlar uchrashuvi” doirasidagi navbatdagi muloqoti zavqli va mazmunli kechdi.Buni muloqotdan so‘ng taklif va fikrlarini qizg‘in muhokama qilayotgan talaba-yoshlar suhbatidan sezish mumkin.

—bugungi uchrashuvda iqtidorli talabalarni qo‘llab-quvvatlash haqida takliflarimni bildirildim, — deydi uchinchi bosqich talabasi Visola Abdusattorova . — Universitet rektoriga  universitetdagi iqtidorli talabalarning kitoblarini nashr qilishda amaliy yordam berish taklifini kiritdim. Bunga javoban yaqin kunlarda badiiy adabiyotga, umuman ijodga qiziqadigan talabalar uchun yetarlicha imkoniyat yaratib berilishini eshitib boshimiz osmonga yetdi


Ulashish:
854
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...
“Jismoniy tayyorgarlik darajasi” sohibi bo‘lgan talabalar taqdirlandi
Jizzax davlat pedagogika universiteti Madaniyat saroyida 18–29 yoshli talabalar o‘rtasida o‘tkazilgan sport sinovlarida yuqori natijalarga erishgan yoshlarni taqdirlash marosimi bo‘lib o‘tdi.