Yangiliklar
Yangiliklar
|
16/01/2024
Chop etish
Munosiblar e’tirof etildi.

Xodimlarni har taraflama rag‘batlantirish, moddiy va ma’naviy qo‘llab-quvvatlash masalasi Jizzax davlat pedagogika universiteti  rahbariyati va kasaba uyushma qo‘mitasining doimiy diqqat markazida.Shu bois faoliyatida ijobiy ko‘rsatkichlar qayd etayotgan, odob-axloq qoidalari va mehnat intizomiga qat’iy rioya qilib kelayotgan xodimlar munosib rag‘batlantirib boriladi.

Bugungi tadbir ham tizimda uzoq yillar davomida samarali mehnat qilib kelayotgan tajribali xodimlardan Dastlab Korrupsiyaga qarshi kurashish «Komplaens nazorat» tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Iste’fodagi podpolkovnik Abutolib Umrzoqovning O‘zbekiston qurolli kuchlarining 32-yilligi munosabati bilan “Davlat xavfsizlik xizmati faxriysi” ko‘krak nishoni bilan taqdirlangani e’tirof etildi.

Shundan bir necha yillardan beri universitetda samarali mehnat qilib bugun 60 yoshni qarshilayotgan faxriy xodim Ulug‘bek Atamurodovga rahbariyat tashakkurnomasi va qimmatbaho sovg‘alar topshirildi. Ushbu ijobiy holat qolgan xodimlarni samaradorlik ko‘rsatkichlarini oshirishda va yangi marralar sari ildamlashida o‘ziga xos rag‘batlantirishi vazifasini o‘tashi bilan ham yanada ahamiyatli.


Ulashish:
846
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...