Yangiliklar
Yangiliklar
|
08/01/2024
Chop etish
JDPUda seminar-trening o‘tkazildi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan Seminar birinch yarmida mutaxassis va psixologlar  talabalar bilan muloqot soatini samarali tashkil etish zamon bilan hamnafas holda yangi pedagogik texnologiyalar va uslublarda darslarni tashkil etish, talabalar bilan hissiy yaqinlik, ularni qo‘llab-quvvatlash, yo‘l ko‘rsatish uchun bir qancha metodlar, jumladan “anonim xat”, “maqsadlar va orzular xaritasi”, “masala-harakat-yechim”, “o‘rgimchak to‘ri labirinti” kabi metodlarni qo‘llash tartibini qo‘llash xususida taqdimotlar qilishdi.

Seminarning ikkinchi yarmi ichki ishlar va huquq tartibot vakillari ishtirokda davom etdi. Unda ma’ruzachilar Talabalar o‘rtasida jinoyatchilikning oldini olish, xulq-atvorini tizimli nazorat qilish va qulay shart-sharoitlar yaratish borasida tizimli muammolar saqlanib qolayotganligini, bu muammolarni oldini olishda seminar ishtirokchilarining ko‘magiga tayanish muhim ekanligini ta’kidlashdi. Shuningdek seminarda diniy ekstremizm va fundamentalizm g‘oyalarini profilaktik yo‘l bilan bartaraf etish yo‘llari haqida tushunchalar berildi.


Ulashish:
1 160
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.