Yangiliklar
Yangiliklar
|
12/01/2024
Chop etish
JDPUda “Vatan himoyachilari kuni” munosabati bilan “Vatan himoyasi – muqaddas burch” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Ushbu o‘tkazilgan tadbirda Afg‘onistonda diniy ekstremizmga qarshi kurashda, Chernobil fojeasini oldini olishda ishtirok etganlar hamda zaxiradagi faxriy ofitserlar qatnashdilar.

Universitet rektori Sh.Sharipov  kirish so‘zida respublikamizda va jahonda bo‘lib o‘tayotgan siyosiy yangiliklar, jamiyat xavfsizligini ta’minlash bo‘yicha  yurtimizda amalga oshirilayotgan ishlar haqida gapirib, o‘tayotgan har bir tinch kunimiz va xotirjamligimizning asosi Vatan himoyachilarini, yurtimizning mard va jasur o‘g‘lonlarini bayram bilan tabrikladi.

Milliy armiyamiz tashkil topgan kun nafaqat harbiy xizmatchilar, balki Qurolli Kuchlar safida muqaddas burchini o‘tab qaytgan va xizmatga borishga taraddud ko‘rayotgan ming-minglab jasur, mard, yurtga sadoqatli farzandlarning, urush va mehnat faxriylarining, tinchilikni qadrlovchi butun xalqimizning aziz bayramidir.

Tantanali tadbir taqdirlash marosimiga ulanib ketdi, Universitet rektori barcha ishtirokchilarga  oliygoh kasaba uyushmasi qo‘mitasi tomonidan taqdim etilgan esdalik sovg‘alari va faxriy yorliqlarni topshirdi.


Ulashish:
1 366
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.