Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/01/2024
Chop etish
«Ta’limda sun’iy intellekt»

Universitetda o‘tkazilgan seminar-trening shunday nomlandi. Universitet rektori tomonidan o‘tkazilgan ushbu seminarda hozirgi kunda ta’lim jarayonlariga jadallik bilan kirib kelgan sun’iy intellektga qiziquvchi universitet pedagog-xodimlari ishtirok etishdi. Universitet rektori prof. Sh.Sharipov o‘z taqdimotini ta’lim sohasini o‘zgartirayotgan zamonaviy tendensiyalar haqidagi fikrlari bilan boshladi. Shu tendensiyalarning biri bo‘lgan sun’iy intellektning ta’lim jarayonidagi ahamiyati, ta’limda sun’iy intellektning qulayliklari va kamchiliklari hamda ta’limga sun’iy intellektni joriy qilish yo‘llari seminarning asosiy mavzusi bo‘ldi.

Seminarda Xalqaro reyting va indekslar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i Sanjar Yaxshilikov ham so‘zga chiqib bugungi kunda ommalashayotgan ChatGPT va uning ehtimoliy xatarlari haqida ma’lumotlar berdi.

Seminarning ikkinchi qismi ko‘proq interaktiv usulda tashkil etildi. Universitetning 2-bosqich doktoranti Murod Aliyev so‘zga chiqib eng oxirgi sun’iy intellekt texnologiyalari, jumladan ChatGPT, Leonardo.Ai, Midjourney, Bing va Google Bard lar funksiyalari haqida ma’lumotlar taqdim etdi. Bundan tashqari qator pedagog-xodimlar sun’iy intellekt bo‘yicha o‘z fikr mulohazalarini bildirib o‘tishdi.

 

Umid qilamizki,bu kabi seminar-treninglar universitet pedagog xodimlariga zamonaviy ta’lim jarayonlari bilan hamnafas bo‘lishda katta yordam beradi.


Ulashish:
1 552
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.