Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/01/2024
Chop etish
Universitet tyutorlari va dekan o‘rinbosarlari uchun treninglar o‘tkazilmoqda

Universitetning qishki ta’til davrida yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy sohada tashkil etiladigan  chora-tadbirlar rejasiga muvofiq  Jizzax davlat pedagogika universitetida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va tyutorlar faoliyatini rivojlantirish maqsadida seminar-trening tashkil etildi. Seminar-treningni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. Seminarda asosan  “Odob-axloq kodeksi” mazmun-mohiyati, Kodeksni talabalarga to‘g‘ri targ‘ib qilish borasida yoshlar bilan ishlash bo‘yicha dekan o‘rinbosarlari va universitet tyutorlarining o‘rni xususida so‘z bordi. Shuningdek, axborot va muloqot soatlarini samarali tashkil etish, talaba yoshlar o‘rtasida psixologik so‘rovnomalar o‘tkazish to‘g‘risida fikrlar bildirildi. 3 kun davom etishi mo‘ljallangan seminarning birinchi kuni qizg‘in munozara va bahslarga boy bo‘ldi.


Ulashish:
1 186
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.