Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/12/2023
Chop etish
“O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy – amaliy anjuman o‘tkazildi.

O‘zbek tili va adabiyoti fakultetida “O‘zbek filologiyasining dolzarb masalalari va uni o‘qitish metodikasi muammolari” mavzusidagi Xalqaro ilmiy – amaliy anjuman o‘tkazildi. Xalqaro konferensiyada xorijiy va respublikamizning yirik mutaxassis olimlari o‘z ilmiy ma’ruzalari bilan ishtirok etishdi.

Jumladan, Turkiya Artvin Choruh universiteti, Anqara Hoji Bayram Vali universiteti, Qozon Federal universiteti, Ozarbayjon Milliy Ilmlar akademiyasi Nizomiy Ganjaviy nomidagi Adabiyot instituti, Tojikiston Respublikasi “Akademik Bobojon G‘afurov nomidagi Xo‘jand davlat universiteti” DTM, O‘zbekiston Respublikasi Fanlar Akademiyasi til va adabiyot instituti, O‘zFA Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik instituti, Alisher Navoiy nomidagi O‘zbek tili va adabiyoti universiteti, Xorazm, Guliston, Andijon, Samarqand, Namangan, Farg‘ona, Qashqadaryo, Buxoro, Qo‘qon, Navoiy universitetlari va Chirchiq davlat pedagogika universitetlari filolog olimlari hamda Jizzax davlat pedagogika universiteti professor-o‘qituvchilari va yuqorida sanalgan oliy muassasalarining doktorant, magistrant va iqtidorli talabalari hamda ko‘pgina viloyatlardagi akademik litseylari, xalq ta’limi muassasalari, maktabgacha ta’lim muassasalarida faoliyat yuritayotgan ona tili va adabiyoti fani o‘qituvchi va mutaxassislari ishtirok etishdi.

 


Ulashish:
1 147
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.