Yangiliklar
Yangiliklar
|
05/12/2023
Chop etish
“Konstitutsiya – adolat tantanasi” mavzusida ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbir JDPU Rus tili va adabiyoti fakulteti tyutorlari tashabbusi bilan tashkil etildi. Tadbirni fakultet tyutori, zaxiradagi kapitan Xasanov Alisher kirish so‘zi bilan ochib, barcha tadbir ishtirokchilarini O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi qabul qilinganining 31 yilligi bilan tabriklab, yangilangan Asosiy Qonun chinakam xalq Konstitutsiyasiga aylanganini alohida ta’kidladi. Tadbirga Jizzax viloyati Ichki ishlar boshqarmasi vakillari – leytenant Muzaffar Saidazimov, katta leytenant Anvar Sobirov va kapitan Rasulova Gulbahorlar, shuningdek, O‘zbekiston Respublikasi IIV akademik litseyi katta o‘qituvchisi, zaxiradagi polkovnik Odil Allanazarov ham taklif etildi.

Mehmonlar yangi demokratik, huquqiy va ijtimoiy fuqarolik davlatini barpo etish va rivojlantirish borasida atroflicha tushunchalarni berib o‘tdilar. Qabul qilingan yangi norma va qoidalarning hamda respublikamizda amalga oshirilayotgan islohotlarning, shuningdek yangi tahrirdagi qabul qilingan Konstitutsiyaning ulkan ahamiyati haqida gapirdilar.


Ulashish:
1 233
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.