Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/12/2023
Chop etish
Jizzax davlat pedagogika universitetida Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston davlat universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari bilan uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

Muxtor Avezov nomidagi Janubiy Qozog‘iston universiteti «Tabiiy va aniq fanlar va pedagogikasi» fakulteti dekani pedagogika fanlari nomzodi, dotsent Nurlibay  Madiyarov hamda Matematika kafedrasi professori, fizika-matematika fanlari doktori Nurg‘ali  Ashirbayevlar Matematika va informatika fakultetida bo‘lishdi.Tashrifdan maqsad oliy ta’lim muassasalari fakultetlari o‘rtasida hamkorlik aloqalarini o‘rnatish. Jarayonda tomonlar ilmiy va pedagogik tajriba almashish, zamonaviy darsliklar, matematika fanidagi oxirgi ilmiy yangiliklar bilan bo‘lishish xususida kelishib olishdi.

Samimiy ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbatdan so‘ng mehmonlar talabalariga mahorat darslarini o‘tib berishdi Ochiq dars davomida mehmonlar talabalarning savollariga javob berishdi.

Shundan so‘ng mehmonlar universitet rahbariyati bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida ikki qardosh xalqning urf odatlari va an’analari bir ekanligini, bu aloqalar doim do‘stona davom etganligini, oliygohlar o‘rtasidagi hamkorlik ham yaxshi natijalar berishini ta’kidlashdi.

Tashrif yakunida mehmonlar mezbonlarni o‘z oliy o‘quv yurtlariga taklif etishdi.


Ulashish:
1 260
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.