Yangiliklar
Yangiliklar
|
17/11/2023
Chop etish
“Talabalikka qaytib” loyihasi TTJda o‘tkazildi.

Talabalik davrim mening,

Davronlarning zo‘risan.

Sen umrlar bahorisan,

Sen umrlar yozisan…

allaqachon talabalarning madhiyasiga aylanib ulgurgan bu qo‘shiqni tinglagan borki, o‘zining talabalik yillarini bir marta bo‘lsa ham yodga oladi. O‘sha kunlarning mashaqqati-yu, baxtli lahzalarini ajib bir entikish bilan xotirlaydi. Ortga qaytmas va qalbingda o‘chmas iz qoldirgan unutilmas o‘sha kunlarni “oltin davrni” qo‘msaydi, sog‘inadi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti yoshlar ittifoqi tomonidan 1-sonli TTJ da tashkil etilgan “Talabalikka qaytib” loyihasi ga taklif etilgan turli tashkilot rahbarlarini ham ana o‘sha sog‘inch  birlashtirgan bo‘lsa ne ajab. Talaba yoshlar va professor –o‘qituvchilarni gulxan atrofiga yig‘gan bu loyihada mehmonlar  bugungi yoshlarga havas qilishlarini ta’kidlashdi.

Yaratilgan imkoniyatlardan unumli foydalanishlarini maslahat berishdi. Yoshlik bu qiziqqonlik, o‘ylamasdan qilingan nojo‘ya qadam, hayotingni chilparchin qiladi.

Bebaho yoshlikni bekorchi  “hoy-havasga” alishmaslikni tavsiya qilishdi. O‘zlarining talabalik yillarida ro‘y bergan qiziq xotirlar bilan bo‘lishishdi.  Talabalar ijrosidagi musiqiy chiqishlar hech kimni befarq qoldirmadi. Xullas, bu yerga yig‘ilganlar chindan ham talabalik baxtini his qilishdi.


Ulashish:
947
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.