Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/11/2023
Chop etish
Tyutorlar uchun seminar tashkil etildi.

JDPUda tyutorlar uchun o‘quv-seminari tashkil etildi. Unda universitetda faoliyat olib borayotgan barcha tyutorlar ishtirok etishdi. Ushbu seminardan ko‘zlangan asosiy maqsad oliygohda tyutorlik faoliyatining samaradorligini yanada oshirish hamda amalga oshirilgan ishlarni birgalikda tahlil qilishdan iborat ekanligi notiqlar tomonidan qayd etildi. Shuningdek o‘quv seminari davomida tyutorlar zimmasidagi mas’uliyat va amalga oshirishi lozim bo‘lgan asosiy vazifa nimadan iborat ekanligi, ularning huquqlari va majburiyatlari, talabalar bilan samarali ish olib borishni qanday yo‘lga qo‘yish, ularning muammolarini muntazam ravishda o‘rganib borish, talaba yoshlar bilan ishlashning mukammal tizimini yaratish bo‘yicha batafsil tushunchalar va zarur bo‘lgan ma’lumotlar berildi.

Oliygohda faoliyat olib borayotgan  tyutorlar uchun  tashkil etilgan seminarning ikkinchi kuni  “Talabalarning shaxsiy, aqliy va ijtimoiy rivojlanishini psixologik jihatdan kuzatib borish, ta’lim-tarbiyadagi psixologik nuqsonlarni aniqlash, ularning aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan har qanday salbiy og‘ishlarning oldini olish” mavzusiga bag‘ishlandi. O‘quv-seminar trenerlaridan biri universitet psixologi B.Bosimov tomonidan “Talabalarda muloqotga kirishuvchanlik xususiyatlarini shakllantirish”, “Yoshlar aqliy taraqqiyotida sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan salbiy og‘ishlarning oldini olish, suitsid holatlari va uni bartaraf etishning ijtimoiy psixologik masalalari” va “Turmush qurgan talabalarni oilaviy munosabatlarga tayyorlashning ijtimoiy-psixologik xususiyatlari” kabi mavzular bo‘yicha batafsil tushuncha berildi.

Turli mashg‘ulot va o‘yin tariqasida o‘tkazilgan seminar yakunida yakunida malakali trenerlar tomonidan tyutorlarni qiziqtirgan savollarga batafsil javob berildi.


Ulashish:
903
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.