Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2023
Chop etish
 “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida “Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda” mavzusida seminar-treningi bo‘lib o‘tdi.

“Biz bir bo‘lsak – yagona xalqmiz, birlashsak – vatanmiz!” g‘oyasi asosidagi “Ma’naviyat marafoni” loyihasi doirasida Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar o‘rtasida seminar tashkil qilindi. Seminarni Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor S.Nazarqosimov ochib berdi. Seminarda so‘zga chiqqanlar mazkur loyiha doirasida viloyat miqyosida 11 ta aksiya, ko‘rgazmali tanlovlar, kitob yarmarkalari, badiiy-adabiy kechalar, sport musobaqalari hamda konsert dasturlari o‘tkazilishi nazarda tutilganligini, ushbu loyihaning asosiy maqsadi bugungi globallashuv davrida yoshlarning ta’lim-tarbiyasini tizimli yo‘lga qo‘yishga yo‘naltirilgan madaniy hordiq dasturlarini joriy etish orqali bolalar va yoshlar tarbiyasiga salbiy ta’sir etuvchi g‘oyaviy tahdidlarga qarshi ularning immunitetini shakllantirish hamda kuchaytirishga, bo‘sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish zamirida yoshlarni ilm-fanga, ma’rifatga qiziqtirishga qaratilganligini  alohida ta’kidlab o‘tishdi.

Seminarning asosiy qismida universitet psixologi B.Bosimov tomonidan talabalar o‘rtasida “Baxtli bo‘lish o‘z qo‘limizda” mavzusida qiziqarli mashg‘ulotlar tashkil etildi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchi “Baxt aslida nima?” savol bo‘yicha o‘z fikr-mulohazalarini bildirishdi. Psixolog tomonidan berilgan maslahatlar va baxtga erishilish yo‘llari haqidagi qiziqarli  ko‘rsatmalar  asosida bo‘lib o‘tgan seminar trening talaba yoshlarda chuqur taassurot qoldirdi.

 


Ulashish:
868
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...