Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/11/2023
Chop etish
“Shaddod qizlar” QVZ g‘olibi bo‘ldi.

Oliygohda o‘tkazilishi an’anaga aylanib ulgurgan QVZ tanlovi talaba  yoshlarning qiziqib tomosha qiladigan va orziqib kutiladigan ko‘rik tanlovlaridan biriga aylangan desak xato qilmagan bo‘lamiz. Qaysi jamoa g‘olib bo‘lishini oldindan chamalab bir birlari bilan bahs boylagan  tomoshabinlar uchun QVZninng final bosqichi haqiqatdan ham juda qiziqarli o‘tdi. Kuni kecha oliygohning madaniyat saroyida «Students party» dasturi doirasida bo‘lib o‘tgan tanlovda Maktabgacha ta’lim fakultetining “Shaddod qizlar” ,Boshlang‘ich ta’lim fakultetining «Qirolicha», Tabiiy fanlar fakultetining «Avitsenna», Pedagogika va psixologiya fakultetining «Yoshlar» jamoalari o‘z chiqishlarini namoyish etdi.

3 shart asosida g‘oliblik uchun kurash olib borgan jamoalar o‘rtasida ustunlik Maktabgacha ta’lim fakultetining “Shaddod qizlar” jamoasiga nasib etdi.

 

Endilikda, Quvnoqlar va zukkolar bo‘yicha respublikada bo‘lib o‘tadigan bellashuvlarda «Shaddod qizlar” g‘oliblik uchun kurash olib borardilar. “Shaddod qizlar”ga omad yor bo‘lsin.


Ulashish:
940
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.