11 noyabr – O‘zbekiston Kasaba uyushmalari kuni: Yangi O‘zbekiston – yangi kasaba uyushmalari
Jizzax davlat pedagogika universitetida 11- noyabr Kasaba uyushmalari” kuni ko‘tarinki, yuksak saviyada nishonlash uchun keng qamrovli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu munosabat bilan universitetda turli ko‘rinishdagi madaniy-ma’rifiy tadbirlar, ko‘rik tanlovlar, davra suhbatlari va sport musobaqalari o‘tkazilib kelinmoqda.
Shunday tadbirlardan biri davra suhbati tarzida tashkil etildi. “Yangi O‘zbekistonning Yangi kasaba uyushmalari” mavzusida tashkil etilgan davra suhbatida, kasaba uyushmalarining faoliyati, uning bugungi kundagi tutgan o‘rni haqida batafsil ma’lumotlar berildi.
Davra suhbatida universitet kasaba uyushmasi qo‘mitasi raisi J.Majidov, Maktabgacha ta’lim kafedrasi dotsenti, pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori G.Qo‘shoqova, Magistratura bo‘limi boshlig‘i, pedagogika fanlari doktori R.Yarmatov, o‘qituvchi G.Xudoynazarovlar davra suhbati mavzusi bo‘yicha ma’ruzalar qilishdi. Tadbir qiziqarli va samarali o‘tdi, ochiq muloqot tarzida bo‘lib o‘tgan suhbatda barcha ishtirokchilar faol bo‘lishdi