Yangiliklar
Yangiliklar
|
31/10/2023
Chop etish
JDPUda  «Sudya va talabalar» uchrashuvi o‘tkazildi.

JDPU madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda universitetning Tarix fakulteti 1 kurs talabalari ishtirok etdi.

Inson huquqlari kursi doirasida o‘tkazilgan uchrashuvni Jizzax tumanlararo ma’muriy sudi raisi A.Urinov olib bordi. U o‘z ma’ruzasida “O‘zbekiston – 2030” strategiyasining mazmun mohiyati, Farmonda aks etgan g‘oyalar, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023 yil 11 sentyabrda “O‘zbekiston – 2030” strategiyasini 2023 yilda sifatli va o‘z vaqtida amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori , “O‘zbekiston – 2030” strategiyasi 5 ta ustuvor yo‘nalish hamda 100 ta maqsad haqida so‘z yuritdi. Ma’ruza yakunida talaba yoshlar mavzu doirasida fikr mulohazalarini bildirishdi.


Ulashish:
953
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.