Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/10/2023
Chop etish
Aralash saylov tizimi, O‘zbekistonda  saylov tizimi o‘zgaradi-deydi O‘zbekiston Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish” partiyasi rahbari Alisher Qodirov

Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Qonunchilik palatasi deputati, “Milliy tiklanish”  rahbari Alisher Qodirov bilan talabalar uchrashuvi tashkil etildi.

Davra suhbatini kirish so‘zi bilan ochgan Qonunchilik palatasi Spikeri o‘rinbosari Alisher Qodirov ushbu Konstitutsiyaviy qonun loyihasining muhimligini e’tirof etgan holda proporsional saylov tizimining afzalliklari  Majoritar va proporsional tizimlar: farqlari, afzallik va kamchiliklari xususida so‘z yuritdi.

 

– Majoritar tizim shundayki, unda saylovchilar tomonidan eng ko‘p ovoz olgan nomzodlar parlamentga saylanadi. Bizda amaldagi saylov tizimi majoritar tizim hisoblanadi. Proporsional saylovda esa partiyalar va ularning g‘oyalari musobaqaga kirishadi va saylovchilar ham partiyalarga ovoz beradi. Saylovchilar partiyalarning dasturlari, targ‘ibotiga ko‘ra ovoz tanlashadi. Partiya tomonidan tanlangan nomzodlar berilgan ovozlarga qarab parlamentga yuboriladi. Saylovchi proporsional saylov tizimida o‘zi tanlagan partiyaga ovoz bergandan keyin muayyan masaladagi murojaati uchun aniq manzilga ega bo‘ladi. To‘g‘ri, deputatlar ham saylovchilar oldida hisobdor, ularning murojaatlari bilan muntazam ishlaydi. Ammo siyosiy partiyalarning imkoniyati, salohiyati katta. Joylardagi tashkilotlari orqali saylovchilar bilan yaqindan aloqada bo‘lib, ishlash imkoniga ega.

 

Tadbirda shuningdek ma’ruzachi mazkur qonun loyihasining bugungi kundagi ahamiyati, unda belgilanayotgan normalarning mazmun-mohiyati xususida ham to‘xtaldi. Unga ko‘ra Qonunchilik palatasining 75 nafar deputati amaldagidek majoritar tizim asosida bir mandatli saylov okruglaridan, qolgan 75 nafari esa partiya ro‘yxati bo‘yicha yangi taklif etilayotgan proporsional tizim asosida yagona saylov okrugidan saylanishi ko‘zda tutilgan. Davra suhbati so‘ngida  talaba yoshlar hamda universitet professor-o‘qituvchilari  o‘z fikr-mulohazalarini bildirish bilan bir qatorda mavzu doirasida berilgan savollarga javob olishdi.


Ulashish:
1 002
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU talabalari Turkiyada qishki maktab dasturida faol ishtirok etmoqda.
Jizzax davlat pedagogika universiteti talabalari va mutaxassislari xalqaro hamkorlik aloqalari doirasida Turkiya davlatining nufuzli Necmettin Erbakan Universitida tashkil etilgan “Silk Road and Beyond – 2026”...
JDPU ning fidoyi va sadoqatli xodimi Yunusova Alfiya Shavkatovna 65 yoshga to‘ldi.
Universitetda Yunusova Alfiya Shavkatovnani tanimagan inson kam bo‘lsa kerak. U o‘z mehnat faoliyatini 1978-yilda universitet rektor kotibaligidan boshlagan bo‘lsa, bugungi kunda Jizzax davlat pedagogika universiteti...
30 nafar mentorning mualliflik taqdimot-darslari maxsus komissiya tomonidan baholandi.
O‘tgan galgi uzluksiz kasbiy rivojlanish seminarlari doirasida Ravshan Jo‘rayevich ishtirokida tashkil etilgan 3 kunlik seminarlarda qatnashgan ishtirokchilar orasidan saralab olingan 30 nafar mentor o‘zlarining mualliflik...