Yangiliklar
Yangiliklar
|
23/10/2023
Chop etish
JDPUda stritbol bo‘yicha g‘oliblar aniqlandi

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Besh tashabbus olimpiadasi» doirasida sportning stritbol turi bo‘yicha OTMlar o‘rtasida hududiy bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Musobaqalar jamoaviy tarzda hududidagi 4 ta OMlar talaba yoshlaridan tashkil topgan jamoalar o‘rtasida o‘tkazildi.

Qiziqarli va murosamiz kechgan bahslar natijasiga ko‘ra, o‘g‘il bolalar o‘rtasida Jizzax davlat pedagogika universiteti 1 o‘rinni, Jizzax politexnika universiteti 2 –o‘rinni, O‘zMU Jizzax filiali jamoasi faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi. Qizlar o‘rtasida esa  JDPU jamoasi 1 o‘rinni, Jizzax politexnika instituti 2-o‘rinni, Qozon federal universitetining filiali 3 o‘rinni  egalladi.

Musobaqada g‘oliblikni qo‘lga kiritgan jamoalarga tashkilotchilar tomonidan medal, diplom va esdalik sovg‘alari topshirildi. G‘olib jamoa endilikda 2-5 noyabr kunlari Buxoroda bo‘lib o‘tadigan musobaqalarda viloyat sharafini himoya qiladi.


Ulashish:
979
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.