Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

“Ta’lim sohasi boshqaruv kadrlarini samaradorlik ko‘rsatkichlari zamon talabi»

JDPU Yoshlar masalalari, ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor tomonidan o‘tkazilgan ma’ruza mashg‘uloti ana shu mavzu doirasida bo‘lib o‘tdi.

Hozirgi vaqtda mamlakatimizning barcha sohalarida islohotlarni amalga oshirish, odamlarning dunyoqarashini o‘zgartirish, yetuk va zamon talabiga javob beradigan mutaxassis kadrlarni tayyorlashni hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Respublikada ta’lim tizimini mustahkamlash, uni zamon talablari bilan uyg‘unlashtirishga katta ahamiyat berilmoqda.

   

Bunda mutaxassis kadrlarni tayyorlash, ta’lim va tarbiya berish tizimi islohotlar talablari bilan chambarchas bog‘langan bo‘lishi muhim ahamiyat kasb etadi. Zamon talablariga javob bera oladigan mutaxassis kadrlarni tayyorlash, Davlat talablari asosida ta’lim va uning barcha tarkibiy tuzilmalarini takomillashtirib borish oldimizda turgan dolzarb masalalardan biridir. Mashg‘ulot davomida magistrlar ayna shu mavzu doirasida o‘zlarini qiziqtirgan savollarga javoblar olishdi.