Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/10/2023
Chop etish
JDPUda “Mintaqaviy hamkorlikni rivojlantirish” akademik forumi bo‘lib o‘tmoqda.

21-oktyabr — O‘zbek tili bayrami kunidir. Ushbu kunga bag‘ishlangan «Mintaqalararo hamkorlikni qo‘llab-quvvatlash»–ta’lim sohasida tadqiqotlar va innovatsiyalar bo‘yicha 1-chi O‘zbekiston-Ozarbayjon akademik forumi onlayn formatda bo‘lib o‘tmoqda. Ikkala davlatdan 25 ta universitetdan 85 ta kuchli mutaxassis olimlar prezentatsiyasi bilan qatnashayotgan tadbirga Jizzax davlat pedagogika universiteti mezbonlik qilmoqda.  Forumni Silk Road Research Academy asoschisi, professor Azamat Akbarov ochib berdi. U o‘z nutqida O‘zbekiston – Ozarbayjon o‘rtasidagi diplomatik munosabatlar , ushbu forum bu aloqalarning 28 yilligiga hamda Ozarbayjonning Umummilliy Lideri Haydar Aliyevning 100 yilligiga bag‘ishlanganligini alohida ta’kidlab o‘tdi.

Kirish qismini JDPU rektori Sh.Sharipov davom ettirdi. O‘zbek tili bayrami munosabati bilan tashkil etilayotgan forumning ahamiyati undan kutilayotgan natijalar xususida to‘xtaldi.

Ta’kidlab joiz Forumdagi prezentatsiyalar o‘zbek, ozarbayjon, rus va ingliz tillarida taqdim etiladi.

 

Forumning maqsadi esa  Xalqaro almashinuvni oshirish va rivojlantirish,  Madaniyatlararo muloqotni kuchaytirish, Fanlararo loyihalarni rag‘batlantirish, Yangi bilimlarni yaratish va almashish Hamkorlikda maqola yozish va loyihalar tayyorlashdan iborat. Forum kun davomida o‘z ishini davom ettiradi.


Ulashish:
943
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.