Yangiliklar
Yangiliklar
|
14/10/2023
Chop etish
JDPUda “Talabalikka ilk qadam” mavzuida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Universitetning tibbiyot fakulteti talabalari, professor-o‘qituvchilari hamda ota-onalar ishtirokida bo‘lib o‘tgan tadbirni o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor B.To‘xtamishev ochib berdi.

U o‘z so‘zida universitetda talabalar uchun yaratilgan sharoitlar, oliygohning ichki tartib qoidalari xususida to‘xtaldi.

 

 

 

Tadbirga taklif etilgan  ota-onalar universitet rahbariyati, fakultetda yaratilgan sharoitlar hamda o‘qituvchilar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘lishdi.

 

Tadbirda shuningdek ichki ishlar xodimlari, universitet psixologi tomonidan ham ma’ruzalar qilindi. Tadbirga bo‘lajak shifokorlar, talaba yoshlarning badiiy-musiqiy chiqishlari yakun yasadi.


Ulashish:
1 039
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.