Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/10/2023
Chop etish
 «Bo‘lajak olim» tanloviga arizalar topshirish bo‘yicha master-klass o‘tkazildi

2023-yil 6-oktyabr kuni Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo‘limi Jizzax viloyati IT filiali bilan hamkorlikda master klass tashkil etildi. Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i 11.2., 11.3.-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida tashkil etilgan master klassda “We Grow Tech” korxonasi rahbari, “Studygram” loyihasi asoschisi Turdiboyev Akbar o‘z taqdimoti bilan ishtirok etdi.

U o‘z taqdimotida g‘oyalarni startap darajasiga olib chiqish bosqichlari to‘g‘risida gapirdi. Shuningdek Yoshlar akademiyasining “Bo‘lajak olim” tanloviga hujjatlar topshirish hamda ilmiy g‘oyalar va startap loyihalarni tanlovlarga yo‘naltirish yuzasidan batafsil maʼlumot berdi.


Ulashish:
878
Boshqa rubrikalarda mashhur

Qo‘shma ta’lim dasturlari bo‘yicha savollarga ovozli chatda javob berildi
Jizzax davlat pedagogika universitetining ovozli chatida xorijiy OTMlar bilan hamkorlikdagi qo‘shma ta’lim dasturlariga qabul jarayoniga oid muhim masalalar yuzasidan ochiq muloqot tashkil etildi.
“Rahbarlik faoliyati va mahorati” seminar-mashg‘ulotlarining navbatdagi uchrashuvlari o‘tkazildi
Bugun Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori hamda Filologiya fanlari pedagogika oliy maktabining O‘zbek tili va adabiyoti yo‘nalishi hamda Jismoniy tarbiya va sport fakulteti jamoalari bilan...
“Rahbar faoliyati va mahorati” mavzusidagi seminar-trening mashg‘ulotlari davom etmoqda. Uchinchi kun.
Jizzax davlat pedagogika universitetida 2026/2027 o‘quv yiliga tayyorgarlik va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan seminar-treningning navbatdagi mashg‘ulotlarida Filologiya oliy maktabi Rus va ingliz tili yo‘nalishlari, Amaliy...