Skip to main content

Ishonch telefoni: +(99872) 226 68 10

Yoshlar akademiyasining «Bo’lajak olim» tanlovi targ’iboti o’tkazildi

Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan Boshlang’ich ta’lim fakulteti talabalariga seminar-trening tashkil etildi. Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida”gi 351-son buyrug‘i 11-bandi ijrosini ta’minlash maqsadida tashkil etilgan seminar-treningda Yoshlar akademiyasining «Bo’lajak olim» tanlovining mazmun-mohiyati, uning bosqichlari haqida batafsil ma’lumot berildi. Shuningdek L.Axmedova universitet huzuridagi Talabalar akademiyasi faoliyati, uning maqsad va vazifalariga alohida urg’u berdi. Hamda talabalarni akademiyaga a’zo bo’lishga undadi.