Iqtidorli talabalarning ilmiy-tadqiqot faoliyatini tashkil etish bo’limi tomonidan seminar-trening tashkil etildi.
Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirining 2023-yil 9-avgustdagi “Talaba va yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazish tadbirlarini tashkil etish to‘g‘risida” 351-son buyrug‘i 11 va 12-bandlari ijrosini taʼminlash maqsadida O’zbek tili va adabiyoti fakulteti iqtidorli talabalariga Yoshlar akademiyasining “Bo‘lajak olim” tanlovi hamda “Akademik harakatchanlik” dasturi bo‘yicha seminar trening tashkil etildi. Seminar-treningda “Bo‘lajak olim” tanlovining bosqichlari hamda “Akademik harakatchanlik” dasturining maqsad va vazifalari haqida batafsil tushunchalar berildi.