Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/09/2023
Chop etish
“Ota-onalar bilan muloqot maydoni” kongressi o‘tkazildi

O‘zbek tili va adabiyoti fakulteti professor-o‘qituvchilari ota-onalar bilan uchrashuv o‘tkazishdi.

Joriy yilning 25-sentyabr kuni o‘zbek tili va adabiyoti fakultetida talabalarning ota-onalari bilan talabalar hayoti va taʼlim-tarbiya jarayonini tanishtirish, ota-ona va universitet o‘rtasida doimiy hamkorlikni taʼminlash maqsadida barcha akademik guruh talabalarining ota-onalari bilan “Ota-onalar bilan muloqot maydoni” kongressi o‘tkazildi. Kongress ochiq muloqot tarzda bo‘lib o‘tdi. Ota-onalar kongressga taklif etilganlar  dastlab universitetdagi “Registrator ofisi” faoliyati bilan tanishishdi. Shundan so‘ng ochiq muloqot boshlandi.Tadbirda so‘zga chiqqanlar odob-ahloq kodeksi, yoshlarimizning bu qoidalarga rioya etishida ota-onalarning o‘rni xususida to‘xtalishdi.

Farzandining taqdiriga befarq bo‘lmagan  ota-onalar o‘zlarining qiziqtirgan savollariga rahbariyat tomonidan javoblarini olishdi. Ota-onalar tomonidan berilgan bir qancha takliflar ham inobatga olindi. Tadbir yakunlangandan so‘ng, universitetda tashkil qilingan Ota-onalar bog‘iga yaxshi niyatda archa daraxti ko‘chatlari ekildi.

Tadbirga barcha ishtirokchilarning Universitet “Qatag‘on qurbonlari”  xotira muzeyiga  tashrifi yakun yasadi.


Ulashish:
1 057
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.