Yangiliklar
Yangiliklar
|
26/07/2023
Chop etish
HUQUQSHUNOS MINBARI

O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASINING QONUNI

«DAVLAT BOJI TO‘G‘RISIDA»GI O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI QONUNIGA O‘ZGARTISh VA QO‘ShIMChALAR KIRITISh HAQIDA

Qonunchilik palatasi tomonidan 2023 yil 22 fevralda qabul qilingan
Senat tomonidan 2023 yil 22 iyunda ma’qullangan

Keyingi yillarda mamlakatimizda tadbirkorlik faoliyatini va raqobat muhitini yanada rivojlantirishga, iste’molchilar huquqlarining ishonchli himoya qilinishini ta’minlashga hamda tadbirkorlik sub’ektlarini har tomonlama qo‘llab-quvvatlashga qaratilgan keng ko‘lamli islohotlar amalga oshirildi.

Shu bilan birga raqobat muhitini rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish, tadbirkorlik sub’ektlariga davlat tomonidan berilgan hamda o‘z muddatida qaytarilmagan kredit mablag‘larini undirish masalalariga doir da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudlarga murojaat qilish chog‘ida tegishli davlat organlarini davlat bojini to‘lashdan ozod etish zarurati yuzaga kelmoqda.

Ushbu Qonun bilan O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasini hamda O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasini sudlarga murojaat qilish chog‘ida davlat bojini to‘lashdan ozod etish nazarda tutilmoqda.

Ushbu Qonun tegishli davlat organlariga sudlarga murojaat qilish uchun ajratilgan davlat boji to‘lovidan tejalgan mablag‘larni tadbirkorlikni rivojlantirish, tadbirkorlik sub’ektlarining va iste’molchilarning huquqlari yanada ishonchli himoya qilinishini ta’minlash uchun yo‘naltirishga xizmat qiladi.

1-modda. O‘zbekiston Respublikasining 2020 yil 6 yanvarda qabul qilingan «Davlat boji to‘g‘risida»gi O‘RQ-600-sonli Qonuniga (O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining Axborotnomasi, 2020 yil, № 1, 1-modda, № 3, 201-modda, № 5, 298-modda, № 10, 593-modda, № 12, 691-modda; 2021 yil, № 1, 13-modda, 4-songa ilova, № 7, 661-modda, № 8, 800, 803-moddalar, № 10, 968-modda; 2022 yil, № 2, 76-modda, № 3, 214, 216-moddalar, № 4, 340-modda, № 5, 463, 464, 467-moddalar, № 12, 1186-modda) quyidagi o‘zgartish va qo‘shimchalar kiritilsin:

1) 8-moddaning birinchi qismi:

29-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«29) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari – o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun beriladigan da’volar va shikoyatlar yuzasidan»;

quyidagi mazmundagi 44-band bilan to‘ldirilsin:

«44) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi — o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda»;

2) 9-moddaning birinchi qismi:

9-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«9) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun beriladigan da’volar, arizalar va shikoyatlar bo‘yicha»;

quyidagi mazmundagi 28-band bilan to‘ldirilsin:

«28) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi — o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan da’volar, arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda»;

3) 10-moddaning birinchi qismi:

101-bandi quyidagi tahrirda bayon etilsin:

«101) O‘zbekiston Respublikasi Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi hamda uning hududiy organlari — o‘z zimmasiga yuklatilgan vakolatlarga muvofiq sudlarga ko‘rib chiqish uchun beriladigan arizalar va shikoyatlar yuzasidan»;

quyidagi mazmundagi 18-band bilan to‘ldirilsin:

«18) O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi huzuridagi Tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlash davlat jamg‘armasi — o‘z huquqlari hamda qonuniy manfaatlarini himoya qilish yuzasidan arizalar va shikoyatlar bilan sudga murojaat qilganda».

2-modda. O‘zbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Raqobatni rivojlantirish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish qo‘mitasi va boshqa manfaatdor tashkilotlar ushbu Qonunning ijrosini, ijrochilarga yetkazilishini hamda mohiyati va ahamiyati aholi o‘rtasida tushuntirilishini ta’minlasin.

3-modda. O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi:

hukumat qarorlarini ushbu Qonunga muvofiqlashtirsin;

respublika ijro etuvchi hokimiyat organlari ushbu Qonunga zid bo‘lgan o‘z normativ-huquqiy hujjatlarini qayta ko‘rib chiqishlari va bekor qilishlarini ta’minlasin.

4-modda. Ushbu Qonun rasmiy e’lon qilingan kundan e’tiboran kuchga kiradi.

 

O‘zbekiston Respublikasining Prezidenti Sh. MIRZIYoEV

Toshkent sh.,

2023 yil 13 iyul,

O‘RQ-855-son

 

(Qonunchilik ma’lumotlari milliy bazasi, 18.07.2023 y., 03/23/855/0488-son)

 


Ulashish:
1 017
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.
Mentorlarning ijodiy hisobotlari va mualliflik ishlari namoyish etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida ta’lim sifatini oshirish, professor-o‘qituvchilarning pedagogik mahoratini rivojlantirish hamda mentorlik faoliyatini yanada takomillashtirish maqsadida seminar-treninglar tashkil etildi.