Ushbu veb-sayt hozirda test rejimida ishlamoqda. Ba'zi funksiyalar mavjud bo‘lmasligi yoki kutilganidek ishlamasligi mumkin.
Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/06/2023
Chop etish
Qurbon hayiti muborak bo‘lsin!

Assalomu alaykum aziz yurtdoshlar, qadrli hamkasblar! Xalqimizga xos mehr-muruvvat, bag‘rikenglik va saxovat ifodasi bo‘lib kelgan Qurbon hayiti barchamizga muborak bo‘lsin!

Ushbu muborak ayyomda Siz, azizlarga mustahkam sog‘liq, yurtimizga tinchlik, xonadonlaringizga qut-baraka tilayman. Ushbu ayyom ming yillik tarixni ortda qoldirib, milliy qadriyatlarimizning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan. Bu kunda arazlar unutilib, shukronalik, mehr-oqibat, shafqat, birdamlik tuyg‘ulari mustahkamlanadi. Binobarin, bugungi murakkab davrda ushbu tushunchalar har qachongidan muhim ahamiyatga ega. Davlatimiz rahbari rahnamoligida yurtimiz ravnaqi, diyorimizning osoyishtaligi, xalq farovonligi yo‘lida olib borilayotgan barcha xayrli ishlar bardavom bo‘lsin. Qurbon hayitining fayzu barakoti qalblarimizni va xonadonlarimizni munavvar aylasin!

Chuqur hurmat bilan, Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh. S. Sharipov


Ulashish:
908
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPUda bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot o‘tkazildi.
Jizzax davlat pedagogika universitetida Paxtakor tumanida doimiy istiqomat qiluvchi bitiruvchi kurs talabalari bilan ochiq muloqot bo‘lib o‘tdi.
Default image
Jizzax davlat pedagogika universitetiga tashrif buyurgan 172 nafar maktab o‘quvchilari oliygohning o‘quv va ijtimoiy infratuzilmasi bilan yaqindan tanishdilar.
JDPU jamoasi Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif buyurdi.
Jizzax davlat pedagogika universitetining bir guruh professor-o‘qituvchilari va xodimlari Toshkent shahrida joylashgan Islom sivilizatsiyasi markaziga tashrif amalga oshirdi.