Yangiliklar
Yangiliklar
|
13/06/2023
Chop etish
“TA’LIMDA FILOLOGIYANI RIVOJLANTIRISHNING GLOBAL MASALALARI”

Konferentsiyalar tashkil etish ilmiy tadqiqotlarimizning ustuvor yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligining Farmoyishi asosida Abdulla Qodiriy nomidagi Jizzax davlat pedagogika universiteti Boshlvng‘ich ta’lim nazariyasi va amaliyoti kafedrasining tashabbusi bilan 2023 yil 12 iyun kuni “Ta’limda filologiyani rivojlantirishning global masalalari” mavzusida III xalqaro xalqaro konferentsiya o‘tkazildi.

Ushbu xalqaro ilmiy-amaliy konferentsiya aynan filologiyani rivojlantirish masalalariga bag‘ishlanganligi bilan ahamiyatlidir. Konferentsiyani tashkil etish uchun tashkiliy qo‘mita shakllantirildi va tashkiliy qo‘mitaga taqdim etilgan maqolalar tahrir etilib, to‘rtta sho’baga ajratilib o‘rganib chiqildi. Ushbu konferentsiyaga respublikamizning barcha viloyatlaridagi oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari tomonidan, shuningdek, Hindiston, Rossiya, Turkiya, Ozarbayjon, Qozog‘iston, Tojikiston Respublikalari va boshqa chet el mutaxassislari tomonidan maqolalar taqdim etilgan bo‘lib, tilshunosligining nazariy va amaliy muammolari, adabiyotshunoslikni takomillashtirishning dolzarb masalalari, badiiy nutq va uslub, tarjimashunoslik masalalari, globallashuv sharoitida ona tili va adabiyotni o‘qitish muammolari kabi yirik masalalarni ijobiy hal etishning nazariy jihatlarini ko‘rsatib berishi shubhasizdir.



Ulashish:
939
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzax davlat pedagogika universitetida «Bitiruvchi – 2026» tantanali bitiruv marosimi bo‘lib o‘tdi
Tantanali marosimni O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri E’zoza Gafurjonovna Karimova ochib berdi.
JDPUda kasbiy (ijodiy) imtihonlar: 4-kun
9–11-iyul kunlari «Sport faoliyati (futbol)» hamda «Sport faoliyati (voleybol)» ta’lim yo‘nalishlari bo‘yicha imtihonlar o‘tkazilada.
«Kitobxon yoshlar ligasi» respublika bosqichi o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida «Kitobxon yoshlar ligasi» respublika ko‘rik-tanlovining 2026 yilgi 2-mavsumi respublika bosqichi bo‘lib o‘tdi.