Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/06/2023
Chop etish
Buyuk Britaniyaning Porstmut universiteti professorlari Xorijiy tillar fakultetida

Ayni kunlarda, universitetda Buyuk Britaniyaning Portsmut universiteti professorlari Dr. James Bullock hamda Dr. Lee Oakleylar mehmon bo‘lib turibdi. Professorlar tashrifning ikkinchi kuni Xorijiy tillar fakultetida bo‘lishdi. Xorijiy tillar fakulteti dekani professor A.Mamatov fakultetda talabalar va professor-o‘qituvchilar uchun yaratilgan sharoitlar xususida mehmonlarga maʼlumot berdi. Shundan so‘ng Portsmutlik professorlar Fakultet professor-o‘qituvchilari, magistrantlari va talabalari uchun “Cross-Cultural Communication: Developing Intercultural Competence” (Madaniyatlararo muloqot: madaniyatlararo kompetensiyani rivojlantirish)”, “Linguistics: How Language Analysis can be used in Linguistics” (Tilshunoslik: tilshunoslikda til tahlilidan qanday foydalanish mumkin)” mavzularida maʼruzalar tashkil etishdi. Seminar davomida professor-o‘qituvchilar, magistrlar, talabalar o‘zlari qiziqtirgan savollarga javob olishdi va kelgusida hamkorlikni yanada mustahkamlash bo‘yicha taklif va mulohazalari bilan bo‘lishishdi.


Ulashish:
1 017
Boshqa rubrikalarda mashhur

Jizzaxda V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston va Turkiya oliy ta’lim muassasalari professor-o‘qituvchilari, olim va tadqiqotchilari ishtirokida V Xalqaro Ipak yo‘li konferensiyasi bo‘lib o‘tdi.
JDPUda ayol tadbirkorlar va talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” dasturi tashkil etildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida O‘zbekiston Fintex Assotsiatsiyasi tomonidan ayol tadbirkorlar hamda talaba-qizlar uchun “WE FINTECH” bepul ta’lim dasturi tashkil etildi.
Talabalar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari muhokama qilindi
Jizzax davlat pedagogika universitetida talabalar to‘g‘risidagi ma’lumotlar bazasini tizimli shakllantirish va yoshlar bilan ishlash samaradorligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilish o‘tkazildi.