Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/06/2023
Chop etish
Tabassumingiz dunyoni yoritsin !
1-iyun – Xalqaro bolalarni himoya qilish kuni
Bolalik – har qanday inson hayotidagi eng sehrli daqiqalardir. Har bir bola faqat sehr va ulug‘vorlikka to‘la dunyoni ko‘rishga, yaqinlarining mehri bilan himoyalanganligini his qilishga loyiqdir. Bolalarni baxtli qilishning eng yaxshi yo‘li esa ularga shodlik ulashishdir.

Bolalar baxtning kichik-kichik zarralari, biz kattalarni hayotini chinakam quvonch va iliqlik bilan to‘ldiradigan mo‘jizalardir. Ular ota-ona mehriga juda muhtojdir. Bolajonlar, qalbingiz bu kichik baxtdan mahrum bo‘lmasin. Har biringizga mustahkam oila va beg‘ubor bolalik uchun zarur bo‘lgan hamma narsa bo‘lishini tilayman. Tabassumingiz dunyoni yoritsin, jarangdor kulguingiz olamni bezasin. Bayramingiz muborak bo‘lsin!
 Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori, professor Sh. S. Sharipov

Ulashish:
966
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.