Yangiliklar
Yangiliklar
|
18/05/2023
Chop etish
“Shaddod qizlar” jamoasi finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.

Jizzax davlat pedagogika universiteti madaniyat saroyida talabalar o‘rtasida  “QVZ” o‘yinlarining yarim  final uchrashuvi bo‘lib o‘tdi. O‘yinda 2 ta jamoa – Rus tili va adabiyoti fakultetining “Adrenalin” hamda Maktabgacha taʼlim fakultetining “Shaddod qizlar” jamoasi ishtirok etishdi.

Dastlabki “Tanishtiruv” shartini “Adrenalin” jamoasi boshlab berdi. Hayotiy hazillar, do‘stona yumor o‘yinlarida o‘tgan mavsumda mutlaq g‘olib bo‘lgan jamoaning o‘ziga xos yutug‘i bo‘ldi. O‘ziga xos hazillari  bilan tanilgan “Shaddod qizlar” jamoasi esa yoshlar o‘rtasida sodir bo‘layotgan voqea-hodisalarni kulgili tarzda tomoshabinlar  eʼtiboriga havola etdi.

Jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritish uchun “musiqiy uyga vazifa”, “savol-javoblar” shartlari bo‘yicha o‘zaro kurashdi. Rang-barang chiqishlar, o‘ziga xoslik va yengil hazm bo‘luvchi hazillar bilan Maktabgacha taʼlim fakultetining  “Shaddod qizlar” jamoasi barchaning diqqat markazida bo‘ldi.

Barcha shartlar yakuniga ko‘ra, hazilkash qizlardan iborat  “Shaddod qizlar”  jamoasi 42  ball bilan finalga yo‘llanmani qo‘lga kiritdi.


Ulashish:
959
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.