Yangiliklar
Yangiliklar
|
02/05/2023
Chop etish
Umumta’lim bitiriuvchi sinf o‘quvchilari o‘rtasida bo‘lib o‘tgan olimpiada g‘oliblari aniqlandi.

Umumta’lim maktablari bitiruvchi sinf o’quvchilari o‘rtasida o‘tkazilgan kimyo va biologiya hamda fizika fanlaridan ko‘p bosqichli oliy ta’lim muassasasi olimpiadasi yakunlandi. Olimpiadaning yakuniy natijalariga ko’ra kimyo va biologiya fanlaridan I-o’rinni Jizzax shahar 9-maktab o’quvchisi Sunnatillayeva Muslima, II-o’rinni Do’stlik tumani 2-maktab o’quvchisi Abdullayev Baxodir, III-o’rinni Jizzax shahar 22-maktab o’quvchisi Egamqulova Mohina egalladi. Fizika fanidan esa 1-o’rinni Forish tumani 79-maktab o’quvchisi  Asadova Mavluda,  II-o’rin Sharof Rashidov tumani 13-maktab o’quvchisi Ergasheva Madinabonu, III-o’rinni Jizzax shahar 11-maktab o’quvchisi Yoqubboyeva E’zoza egalladi. G’oliblar universitet rahbariyati tomonidan diplom va esdalik sovg’alar bilan taqdirlandi.


 


Ulashish:
1 236
Boshqa rubrikalarda mashhur

JDPU delegatsiyasi AQShning Georgia TESOL tashkiloti bilan hamkorlik memorandumini imzoladi
Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori M.Yuldashev boshchiligidagi delegatsiyaning Amerika Qo‘shma Shtatlariga amalga oshirayotgan xizmat safari doirasida Georgia shtatining Savannah shahrida joylashgan Georgia Southern Universityda GATESOL...
Jizzax davlat pedagogika universiteti vakillari respublika konferensiyasida faol ishtirok etmoqda
26-iyun – Xalqaro giyohvandlikka qarshi kurash kuni munosabati bilan, respublika miqyosida “Giyohvandlikka qarshi kurashda yoshlar tashabbusi: sog‘lom jamiyat – barqaror kelajak garovi!” mavzusidagi videokonferensiya bo‘lib...