Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/05/2023
Chop etish
“TA`LIMDA XORIJIY TAJRIBALARNI QO`LLASH IMKONIYATLARI XALQARO KONFERENSIYA”

“JIZZAKH INTERNATIONAL SCHOOL” xususiy maktabida  XORIJIY TILLAR FAKULTETI INGLIZ TILI O`QITISH METODIKASI KAFEDRASI bilan hamkorlikda “Ta`limda xorijiy tajribalarni qo`llash imkoniyatlari” mavzusida  viloyat maktab o`qituvchilari uchun xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tdi.  Konferensiyani “Jizzakh International School” xususiy maktabi direktori, Xorijiy tillar fakulteti Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi katta o`qituvchisi F.Abdullayeva hamda kafedra mudiri A.Jabborova  ochib berdi. Ular o`z nutqida har bir tilning millat taraqqiyotida tutgan o`rni, Jizzax davlat pedagogika universitetining xalqaro hamkorlik aloqalari, kelgusidagi rejalar va istiqbollar xorijiy tillarini chuqur oʼrganish oʼquvchi-yoshlarning zamonaviy bilimga ega boʼlishi va professional koʼnikmalarni egallashining asosiy omili va sharti ekanligi haqida to`xtalib o`tdi.

Shundan so‘ng mavzu yuzasidan Jizzax davlat pedagogika universiteti Xorijiy tillar tillar fakulteti, Ingliz tili o`qitish metodikasi kafedrasi professor o`qituvchilari A.Jabborova, D.Safarova, M.Djurayeva, H.Botirova va S.G`iyosovalar ma’ruza qildilar.

Konferensiya so‘nggida, taqdim etilgan ma`ruzalar asosida ta`limda xorijiy tajribalarni qo`llash, XXI asrda tilni o‘qitish va o‘rganishning ko‘nikmalari, metodlari va psixologik asoslarini o‘rganish asosida yo`l xaritasi ishlab chiqish va bosqichma-bosqich amalga oshirish yuzasidan takliflar bildirildi.


Ulashish:
1 127
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.