Yangiliklar
Yangiliklar
|
28/04/2023
Chop etish
“Mirzo Ulug‘bek vorislari” tanlovining viloyat bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Jizzax davlat pedagogika universitetida “Mirzo Ulug‘bek vorislari” respublika ko‘rik-tanlovining Jizzax viloyati bosqichi bo‘lib o‘tdi. Unda tanlovning quyi bosqichlarida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 58 nafar o‘g‘il-qiz o‘zaro bahslashdi.

Vazirlar Mahkamasining o‘tgan yil 18 yanvardagi “Iste’dodli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash “Ulug‘bek” jamg‘armasi faoliyatini rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” gi qaroriga asosan tashkil etilgan tanlovning tuman, shahar bosqichlari fevral-mart oylarida o‘tkazildi, –Viloyat bosqichini aprel va mamlakat bosqichini may oyida o‘tkazish belgilangan. Ko‘rik-tanlovning tuman, shahar bosqichining besh nafar g‘olibi bazaviy hisoblash miqdorining besh, viloyat bosqichida g‘olib chiqqan besh nafar ishtirokchi o‘n va respublika bosqichida g‘oliblikni qo‘lga kiritgan 100 nafar qatnashchi 20 baravar miqdorida pul mukofoti bilan taqdirlanadi.

Viloyatda joriy yilgi ko‘rik-tanlovda 1000 dan ziyod  yoshlar qatnashish istagini bildirgan. Ularning quyi sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tganlar tuman va shahar bosqichlarida o‘z intellektual salohiyatini namoyon etdi. Viloyatd a o‘tkazilgan tanlovda Baholash komissiyasi xulosasiga ko‘ra, 16-19-yosh doirasida 8 nafar o’quvchi yoshlar, 20-25-yosh doirasida esa 12 nafar  talaba yoshlar g’olib deb topildi va respublika bosqichida ishtirok etish uchun yo’llanmani qo’lga kiritdi.

 

 

Yakunda eng yaxshi ixtiro, g‘oya va ishlanmalari taqdimotini o‘tkazgan 20 nafar  yigit-qiz mamlakat bosqichida qatnashish huquqini qo‘lga kiritib, maxsus sertifikat va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.

 

 


Ulashish:
1 301
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.