Jizzax davlat pedagogika universitetida mehnat jamoasining konferesiyasi bo‘lib o‘tdi.
Universitet majlislar zalida bo‘lib o‘tgan jizzax davlat pedagogika universiteti mehnat jamoasining konferesiyasida asosiy masala qilib, Jizzax davlat pedagogika universiteti ma’muriyati va kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021-2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan jamoa shartnomasining 2022 yilda bajarilishi va 2023 -2025 yillar uchun yangitdan tuzilgan jamoa shartnomasi loyixasi muxokamasi ko‘rildi. Unda O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining jizzax viloyati bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Qodirov Baxrullo Qodirovich va boshqa ma’sullar ishtirok etishdi.
Konferensiyada universitet professor-o‘qituvchilari va xodimlari hamda talabalardan saylangan delegatlar qatnashdi. Unda Jizzax davlat pedagogika universiteti ma’muriyati va universitet kasaba uyushma qo‘mitasi o‘rtasida 2021 – 2023 yillarga mo‘ljallab tuzilgan Jamoa Shartnomasining 2022 yilda bajarilishi to‘g‘risidagi hisobotlari eshitildi. Xisobotda xar ikkala taraflar tomonidan Jamoa shartnomasiga kiritilgan barcha bo‘limning xar-bir bandlari bo‘yicha yil davomida amalga oshirilgan ishlar xaqida to‘liq ma’lumot berildi. Konferensiya kun tartibiga binoan jamoa shartnomasida belgilangan bandlarning bajarilishi bo‘yicha ishchi guruhning axboroti eshitildi va jamoa shartnomasining 2022 yilda xar ikkala taraflar tomonidan bajarili qoniqorli deb topildi.
Konferensiya kun tartibining navbatdagi masalasi muxokomasida 2023-2025 yillarga yangitdan tuzilgan jamoa shartnomasi loyixasining xar-bir bandini yig‘ilish qatnashchilariga kasaba uyushma ko‘mitasi raisi Majidov Jahongir Maxmudovich o‘qib eshitdirdi va bu loyixa bo‘yicha ekspert xulosasi bilan tanishtirdi. Ekspert komissiyasining yakuniy xulosasiga ko‘ra ushbu jamoa shartnomasi O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi kengashi tavsiyalari asosida ishlab chiqilgan bo‘lib, mexnat kodeksi hamda tarmoq kelishuvi talablariga mos keladi va u mexnat jamoasining umumiy yig‘ilishida muxokama etish hamda maqullashga tavsiya etilganligi aytildi.
2023-2025 mo‘ljallangan jamoa shartnomasi ma’qullandi. Yig‘ilish yakunida O‘zbekiston ta’lim va fan xodimlari kasaba uyushmasi Respublika Kengashining viloyat bo‘yicha mas’ul tashkilotchisi Qodirov Baxrullo Kodirovich so‘zga chiqdi.Berilgan barcha savollarga atroflicha javoblar berildi.