Yangiliklar
Yangiliklar
|
21/04/2023
Chop etish
Hayit, mehr va oqibat saxovat bayramidir…

Ramazon hayiti – xayr-ehson, saxovat, mehr-muruvvat bayrami bo‘lib, insonlar o‘rtasida tenglik, totuvlik kabi insoniy fazilatlar rivoj topishida xizmat qiladigan ajoyib kundir. Bu kunda hatto bir og‘iz shirin so‘z , ko‘ngilni ko‘taruvchi, ilhom berguvchi muomala ham tuhfadir.

Insonlarning shu kuni uzoq yaqindagi qarindosh-do‘stlarini o‘zaro qutlashi, muhtojlar va bemorlar holidan xabar olishi bilan ham go‘zaldir bu bayram.

Ana shu go‘zal  qadriyatning yana bir amaliy ifodasi bu xalqimizning, ayniqsa, uning ehtiyojmand qatlamini, ijtimoiy himoyaga va yordamga muhtoj yurtdoshlarimizni ma’nan qo‘llab-quvvatlashdir. Jizzax davlat pedagogika universitetining Magistratura bo‘limi Ramazon hayiti arafasida shahrimizdagi 10 dan ziyod ana shunday xonadonlarga ramazon ehsonlarini tarqatishdi.

«Kimki bir ko‘ngli buzuqning xotirin shod aylagay, Oncha borkim Ka’ba vayron bo‘lsa, obod aylagay» A.Navoiyning ushbu misralarida Bir siniq ko‘ngilni ko‘tarish Ka’bani obod qilishga tenglashtirilgani haqida bitilgan,  Bugun ko‘ngli o‘ksik bir necha qalblar quvonchga to‘ldi. Qo‘llar duoga ko‘tarildi. Dildan qilingan niyatlar esa o‘z egalariga yetib borishi shubhasiz.


Ulashish:
1 200
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.