JDPU hamda “Nuroniylar” jamg‘armasi Jizzax viloyat bo‘limi hamkorligida tashkil etilgan uchrashuv ana shunday nomlandi.
Uchrashuv Jizzaxlik 2 nafar O‘zbekiston qaxramonlari Parda Ziyotov hamda Anorboy Eshmatovlar xayoti va faoliyatiga bag‘ishlandi .
Tarix, bugun va kelajakni o‘zida mujassam etayotgan “Uch avlod uchrashuvlari” tadbirlarini o‘tkazish yaxshi an’anaga aylandi. Bunday tadbirlarning ahamiyatli jihati shundaki, muloqotlarda ishtirok etgan yoshlar keksa avlod vakillaridan hayotiy tajriba o‘rganishsa, bugungi soha fidoyilaridan amaliy ko‘nikma va tavsiyalarga ega bo‘lishadi. Bu esa ertamiz egalarining istiqbolida g‘oyat muhim.
Universitetning madaniyat saroyida bo‘lib o‘tgan ana shunday “Uch avlod uchrashuvi”da ko‘p yillar respublikamizdagi turli sohalarda rahbarlik lavozimlarida faoliyat olib borgan insonlar, qishloq xo‘jaligi tizimida ishlagan faxriylar, ayni paytda viloyatimizdagi turli tashkilotva idoralarida mehnat qilayotgan nuroniylar, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdilar. Uch avlod vakillarini birlashtirgan tadbir samimiy, ochiq muloqotlar tarzida o‘tdi. Tadbirni Jizzax davlat pedagogika universiteti rektori professor Sh.Sharipov ochib berdi. Shundan so‘ng so‘zni “Nuroniy” jamg‘armasi viloyat kengashi raisi Norqul No‘sharov avvalgi davrlardagi qiyinchiliklar, mehnat pallasidagi mashaqqatlar, bugungi o‘zgarishlar va nuroniylarga ko‘rsatilayotgan hurmat-ehtirom haqidagi fikrlarini bildirdi. Suhbat va muloqotlar davomida bugungi tadbirning asosiy qaxramonlari Parda Ziyotov hamda Anorboy Eshmatov hayoti va mehnat faoliyati davomida mehnat pallasidagi mashaqqatlar, bugungi farovon xayot haqidagi fikrlarini bildirishdi. El-yurt ravnaqi yo‘lida mamlakatimiz rahbariga yaqin ko‘makchi, kamarbasta bo‘lish lozimligini ta’kidlashdi. O‘zbekiston Qahramonlari, vatanimizning boshqa yuksak mukofotlariga loyiq ko‘rilgan turli soha vakillari, ibratli hayot yo‘lini bosib o‘tgan otaxon va onaxonlar, jamoatchilikning taniqli namoyandalari, professor-o‘qituvchilar va talaba yoshlar ishtirokida bo‘lib o‘tgan “Uch avlod” uchrashuvi fotosuratlarga muhrlandi. Ezgu niyatlar va istaklar bildirildi. Yangi tashabbuslar, g‘oyalar ilgari surildi. Ularni amalga oshirish esa hech shubhasiz bugungi yoshlar qo‘lida ekanligi ta’kidlandi. E’zoz, e’tibor e’tirofga va ibrat a’nanasiga xizmat qilayotgan bugungi tadbir uchrashuv ishtirokchilari talabalarning savollari, fikr-mulohazalari bilan yakun topdi.