Yangiliklar
Yangiliklar
|
07/04/2023
Chop etish
 “Kitobxonlik haftaligi” doirasida  “Jizzax oqshomlari” nomli  she’riyat kechasi bo‘lib o‘tdi.

7 aprel – haftalikning so‘nggi kunida O‘zbekiston yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi, Jizzax shahar gornizoni vakillari, Musiqiy madaniyat fakulteti professor-o‘qituvchilari va talabalari hamda axborot-resurs markazi xodimlari ishtirok etdi.

Tadbirni axborot-resurs markazi direktor o‘rinbosari M.Bobonazarova kirish so‘zi bilan ochib berib, haftalik davomida universitetning barcha professor-o‘qituvchilari hamda fakultetlar talabalari faol ishtirok etganligini ta’kidladi va ARM kitobxonlarini muntazam ravishda kutubxonadan foydalanishga, ko‘proq kitob mutolaasiga e’tibor qaratishga da’vat etdi. So`ngra, Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova  “Jizzax oqshomlari” nomli  she’riyat kechasini  boshlab berdi. Kechada viloyatning yosh qalamkashlari o`z ijod namunalarini taqdim etdilar.

Shundan so‘ng, haftalik davomida o‘tkazilgan kitobxonlik tadbirlarida faol ishtirok etgan Yozuvchilar uyushmasi Jizzax viloyat bo‘limi boshlig‘i M.Abdurahmonova hamda kitobxonlar bellashuvidagi  g‘olib jamoalar va talaba-yoshlar ARM ma’muriyati tomonidan esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandi.

 

Tadbir so‘ngida Jizzax shahar gornizoni harbiy orkestri va  Musiqiy madaniyat fakulteti o‘qituvchi –talabalari tomonidan tayyorlangan musiqiy dastur ishtirokchilarga havola etildi.


Ulashish:
1 021
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.