Yangiliklar
Yangiliklar
|
29/03/2023
Chop etish
Nogironligi bo‘lgan shaxslarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi.

JDPU Tibbiyot fakultetidi bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.

Xabaringiz bor «Nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi prezident qarori qabul qilindi.Qarorga ko‘ra, 2023 yil 1 iyungacha nogironligi bo‘lgan shaxslar va ularga g‘amxo‘rlik qiluvchilarga berilgan imtiyozlarning yagona ro‘yxati shakllantiriladi. Mazkur ro‘yxat “Advice.uz” huquqiy portaliga joylashtiriladi. Unga ko‘ra 2023/2024 o‘quv yilidan “Maxsus pedagogika, defektologiya” yo‘nalishida magistratura uchun to‘liq davlat granti beriladi. 2023/2024 o‘quv yilida: abiturientlar uchun mo‘ljallangan qabul tartibiga oid ma’lumotlar nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay formatda bo‘ladi; bunda videoroliklar surdotarjima yoki subtitrlar bilan namoyish etiladi. O‘qiyotgan nogironligi bo‘lgan talabalarga ta’lim jarayonida ko‘maklashish uchun uning yaqinlaridan biriga OTMda yonida birga bo‘lish uchun sharoit yaratiladi. Joriy yilda Nogironligi bo‘lgan shaxslarni reabilitatsiya qilish va protezlash milliy markazi va uning hududiy markazlari robotlashtirilgan lokomat majmuasi va boshqa zamonaviy reabilitatsiya uskunalari bilan ta’minlanadi.Qarorga ko‘ra shuningdek, nogironligi bo‘lgan shaxslarni qo‘llab-quvvatlash tizimini takomillashtirish bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar rejasi tasdiqlandi. Yig‘ilishda qaror maazmun mohiyatidank yelib chiqib ana shular to‘g‘risida ma’lumot berildi. Tibbiyot fakulteti talabalari tomonidan berilgan savollarga mutaxassislar javob berishdi.

Talaba yoshlar hamda fakultet professor-o‘qituvchilari ishtirokida bo‘lgan yig‘ilishda Jizzax viloyat nogironligi bo‘lgan shaxslarni reablitatsiya qilish va protezlash markazi boshlig‘i S.Aliqulov, Oliy toifali shifokorlar M.Ibratova,  O.Pardaboevlar  ma’ruza qilishdi.


Ulashish:
1 520
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.