Yangiliklar
Yangiliklar
|
11/03/2023
Chop etish
JDPUda «Yashil makon» umummilliy loyihasining bahorgi mavsumi boshlandi

Bugun Jizzax davlat pedagogika universitetida «Yashil makon» umummilliy loyihasining bahorgi mavsumiga start berildi.Shu munosabat bilan universitetning Bo‘ston shaxarchasida joylashgan Sirtqi bo‘limda katta tadbir tashkil etildi.

Yashil makon umummilliy loyihasi doirasida hududdagi qariyib 7 gektar yer maydoniga ega  bog‘ga  11 ming tup daraxt va butalar va gul ko‘chatlari ekiladi. Ko‘chat ekib, bog‘ yaratishga 200 dan ziyod talaba yoshlar hamda professor-o‘qiutvchilar o‘z hissalarini qo‘shishdi. Tashabbuskor talabalarning har biri 10 donadan ko‘chat olib kelib ekishdi. “Yashil makon” umummilliy loyihasi bugun talaba yoshlarni va barcha xodimlarni qalban birlashtirdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.

Hazil-huzul va o‘yin kulgu kechgacha davom etgan tadbir so‘ngida barcha hasharchilarga osh tortildi. Atrof-muhit musaffoligini ta’minlashda daraxtlarning o‘rni juda katta bo‘lib, fotosintez jarayonida daraxtlar ajratadigan kislorod toza havodan nafas olishimizni ta’minlab beradi. Shundan kelib chiqib aytadigan bo‘lsak, daraxt ekish har birimiznin burchimizga, keng jamoatchilikning vazifasiga aylanishi lozim.


Ulashish:
1 182
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.