Yangiliklar
Yangiliklar
|
10/03/2023
Chop etish
Jamoat xavfsizligi nima?

JDPUda bo‘lib o‘tgan tadbir ana shunday nomlandi.
Joriy yilning 9-mart kuni Jizzax davlat pedagogika universitetida  O’zbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Jamoat xavfsizlik departamenti, huquqbuzarliklar profilaktikasi xizmati boshlig’i polkovnik B.Berdialiyev va Jizzax viloyati huquqbuzarliklar profilaktikasi boshqarma boshlig’i I.Amanov boshchiligida talabalar bilan davra suhbati tashkil etildi.  Davra suhbatida avvalo Jamoat xavfsizligi nima? Uning mazmun mohiyati haqida ham batafsil tushunchalar berildi.

Jamoat xavfsizlgi— shaxs, jamiyat va davlatning jinoyatchilik, boshqa huquqga xilof harakatlar, favqulotda holatlar oqibatlari, ijtimoiy nizolar, tabiiy ofatlar, epidemiya, yirik holatlar avariya shuningdek yongʻinlarda himoyalanganlik holatini ifodalash maqsadida qoʻllaniladigan tushunchadir. Tadbirda shuningdek talabalarning darsdan bo’sh vaqtlarini mazmunli tashkil etish, yoshlar o’rtasida jinoyatchilikni oldini olish, jamoat xavsizligi konsepsiyasining mazmun-mohiyati va ustuvor vazifalari to’g’risida ham ma’lumotlar berildi.

          Uchrashuvda universitet professor-o‘qituvchilari va talaba yoshlar tomonidan jamoat xavfsizligiga xavf soluvchi tahdidlar va ularni yechimi bilan bog‘liq bir qator taklif va mulohazalar bildirildi.


Ulashish:
1 809
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.