Yangiliklar
Yangiliklar
|
06/03/2023
Chop etish
Muqaddassan ayol… 

Jizzax davlat pedagogika universitetida bo‘lib o‘tgan bayram tantanasi ana shunday nomlandi

Bayram tadbiriga Jizzax davlat pedagogika universitetining  har ishda kamarbasta olima professor-o‘qituvchilari, jonkuyar va kamtarin xodimlari taklif etildi.

Bugungi kunda O‘zbekiston xotin-qizlari hayotimizning barcha soha va tarmoqlarida o‘zlarini to‘la namoyon etib kelmoqda Hozirgi vaqtda universitetida 613 nafar ayollar faoliyat yuritadi. Universitet  xotin-qizlari orasida 6 nafar  fan doktori,  69 nafar fan nomzodini aynan ayollarimiz tashkil etishini alohida ta’kidlash lozim. Shular qatorida  Zulfiya nomidagi Davlat mukofoti bilan taqdirlangan, Vatanimiz bayrog‘ini yuksaklarga ko‘targan sportchi va har ishda faol talaba qizlarimiz borligi esa quvontiradi.

Tantanali tadbirda ham o‘zining fidokorona mehnati, erishgan ulkan yutuqlari, davlat va jamoat ishlaridagi faol ishtiroki, ibratli fazilatlari bilan hamkasblar, shogirdlar o‘rtasida obro‘-e’tibor qozongan mohir pedagog opa-singillarimiz alohida e’tirof etildi. Bahordek ochilib, bayramga ko‘rk qo‘shib turgan xotin-qizlar sha’niga qo‘shiqlar kuylandi. Sho‘x yalalalarga raqslar ulandi.

Aslida, ayollarni hech ikkilanmay Bahorga qiyos etish mumkin. Uning har bir tashrifi ko‘ngillarni ilitadi, qalblarni yashartiradi. Olamni bezagan bahor gullari, muattar hidlari aslida ayoldan nusxa olgan. Bahor tashlab ketadi, deyishadi. Yo‘q! Bahor shunchaki, bizni sog‘intirishni yaxshi ko‘radi. Qadrini biladi. Aslida, u eng sadoqatli vafodor! Hamisha o‘z vaqtida tashrifi bilan ko‘ngillarni xushnud etaveradi…

Bugun mana shu Tantanaga yarashib turgan, mehri va latofati bilan bahorga qiyos Bahoroylar chindan ham yayrashdi, olam-olam zavq olishdi. Bayram ularga, ularga bayramga yarashib turdi desak xato qilmagan bo‘lamiz.


Ulashish:
1 506
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.