Yangiliklar
Yangiliklar
|
01/03/2023
Chop etish
Bahor keldi seni so‘roqlab…

             JDPU Musiqiy madaniyat fakulteti tashkil etgan teatrlashtirilgan tadbir ana shunday nomlandi.
Bahorning ilk kunida taniqli jamoat arbobi, sadoqat va vafo kuychisi, O‘zbekiston xalq shoirasi Zulfiyaxonim tavallud sanasi keng nishonlanadi. Mazkur muborak sana munosabati bilan universitet Madaniyat saroyida bo’lib o’tgan tadbirni fakultet dekani X.Omonov ochib berdi.

Tadbirda fakultetning iste’dodli talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari, dilbar raqslar ijro etildi. Shoira qalamiga mansub she’rlar o‘qildi. E. Lutfullaev nomidagi talabalar maqom ansambli tomonidan maqomlar kuylandi.

           Bahor va go‘zallik, nafosat va ulug‘vorlik, sadoqat tuyg‘ularini o‘z she’rlarida tarannum etgan Zulfiyaxonim ijodi bugun tom ma’noda o‘zbek adabiy muhitida benazir o‘rin tutadi. Bo‘lib o‘tgan tadbirda ham shoiraning boy adabiy merosi va unda aks etgan ezgu fikrlar xususida keng so‘z yuritildi.


Ulashish:
1 224
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.