Yangiliklar
Yangiliklar
|
25/02/2023
Chop etish
Universitetda  “Shirokaya Maslennitsa”  bayrami nishonlandi.

Bugun 24 fevral kuni Rus tili va adabiyoti fakulteti jamoasi hamda talabalartashabbusi bilan rus milliy bayrami bo‘lmish “Shirokaya Maslenitsa” bayrami nishonlandi. Tadbirni fakultet dekani E.R.Hasanov ochib berdi va o‘z so‘zida yig‘ilganlarni qutlab, yurtimizdagi osoyishtalik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglik bu kabi bayramlarni yuqori saviyada o‘tkazish imkonini berayotganini qayd etdi. Shuningdek, Sharq xalqlarining yaqinlashib kelayotgan milliy bayrami – Navro‘z ayyomini ham ko‘tarinki ruhda tantana qilinishiga ishonch bildirdi.

Shundan so‘ng so‘z olgan rus madaniyati markazi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari A.I.Skripkin “Shirokaya maslenitsa” tarixi, uni nishonlash bilan bog‘liq urf-odat va an’analarning mazmun-mohiyati, ahamiyati xususida so‘z yuritdi. Rus milliy kuy-qo‘shiqlari, fakultet talabalarining badiiy chiqishlari saylga o‘zgacha tarovat bag‘ishladi.

Bayramga taklif qilingan rus madaniyati markazi Jizzax viloyati bo‘limi rahbari A.I.Skripkin hamda T.A.Kizenkolar tomonidan rus milliy taomlari bilan bezatilgan dasturxon, rus milliy kiyimlari va maslennitsa bayrami aks ettirilgan devoriy gazetalarga xolisona baholandi.

Ushbu tanlov natijasiga ko‘ra 1-o‘rin 723-22 guruh talabari, 2-o‘rin 721-22 guruh talabalari va 3-o‘rin 720-20 guruh talabalari egallashdi.


Ulashish:
1 532
Boshqa rubrikalarda mashhur

Talaba-yoshlar manzil-koloniyasida bo‘lishdi
JDPUning 50 ga yaqin talaba-yoshlari, tyutorlari, xotin-qizlar masalalari bo‘yicha mas’ullar, profilaktika inspektorlari hamda psixologlar ishtirokida Jizzax shahridagi 29-sonli manzil-koloniyasida bo‘lishdi.
JDPUda favqulodda vaziyatlarning oldini olish bo‘yicha targ‘ibot tadbiri o‘tkazildi
Jizzax davlat pedagogika universitetida Jizzax shahar Favqulodda vaziyatlar boshqarmasi xodimlari hamkorligida xodimlar va talabalar uchun xavfsizlik bo‘yicha targ‘ibot tadbiri tashkil etildi.
Zulfiya mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar bilan uchrashuv
Jizzax davlat pedagogika universitetida Zulfiya nomidagi Davlat mukofotiga nomzod bo‘lish istagidagi talaba qizlar uchun uchrashuv tashkil etildi.